Аэропорт Ташкент

2020 yil 01 noyabrdan “Business Lounge” yuqori darajadagi qulaylakka ega bo`lgan zalda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish uchun yangi tariflar joriy etiladi.

 

«Islom Karimov Nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MChJ shuni ma’lum qiladiki, 2020 yil 01 noyabrdan “Business Lounge” yuqori darajadagi qulaylakka ega bo`lgan zalda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish uchun yangi tariflar joriy etiladi:

“Business Lounge”- yuqori darajadagi qulaylakka ega bo`lgan zalda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko`rsatish uchun bir yo`lovchiga:

  • Uchib ketishda – 650 000 so`m;
  • Uchib kelishda- 350 000 so`m.

Izoh:

  1. Ko’rsatilgan zalning xizmatlari uchun to’lov O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Ota-onalari bilan birgalikda uchadigan 2 yoshgacha bo’lgan bolalardan ko’rsatilgan zalda xizmat uchun to’lov olinmaydi va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun belgilangan tarifning 50 foizi to’lanadi. Agar bola ota-onasining kuzatuvisiz sayohat qilsa, to’lov to’liq stavka bo’yicha olinadi.
  3. Shartnomalar tuzilayotganda QQS bo`yicha imtiyozlar O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo`llaniladi.
  4. Aeroport xizmatiga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra puli to`langan va foydalanilmagan xizmatlar uchun to’lovlarni qaytarish Ariza beruvchi tomonidan xizmatlar uchun to`langan pul miqdorining 20 foizini ushlab qolish bilan amalga oshiriladi.

«Islom Karimov Nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MChJ

Ma’muriyati