Аэропорт Ташкент

MCHJ «Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» turli rangdagi NTS-132 bo’yoqlarini (GOST bo’yicha) etkazib berish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

MCHJ «Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti»  turli rangdagi NTS-132 bo’yoqlarini (GOST bo’yicha) etkazib berish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Tanlov predmeti: aerodromning kunlik belgilarini yangilash va aerodromni ekspluatatsiya qilish uchun turli rangdagi (oq, sariq, qizil, qora) NTS-132 (GOST 6631-74 bo’yicha)  bo’yoq bilan taminlash. Bo’yoq aeroportda maхsus uskunalar yordamida qo’llaniladi va shuning uchun хaridor talablariga javob berishi kerak. Bo’yoqning ishlab chiqarilishi 2020 yil bo’lishi kerak.

Shartnoma shartlari: oldindan to’lov 15%, to’lov so’mda amalga oshiriladi, butun partiyani olgandan keyin yakuniy to’lov amalga oshiriladi.

Yetkazib  berish shartlari: tovarni o’zi olib ketish sharti bilan.

Tanlovda O’zR bozorida  3 yil faoliyat yuritgan mahalliy korxonalar, shuningdek turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Yuqorida ko’rsatigan ishlarni bajarishga ruхsat beruvchi sertifikatlar va litsenziyalarga ega bo’lishi shart

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O’zbekiston, GSP 100167, Toshkent shahri, Qumariq ko’chasi 13-uy, «Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MCHJ.

Direktor v.v.b. Kim V.S. nomiga – Aerodrom xizmati uchun.

Ma’sul xodim: Mirzaev M.M.

Telefon/faks: 78 140-29-99, 78 140-28-65

E-mail: Abdurahim.Alimov@uzbairports.uz

Tijorat takliflari pochta, elektron pochta, faks yoki korxonaga yetkazib berish asosida 29.07.2020 yil soat 12:00 gacha qabul qilinadi.

Elektron pochta orqali yuborilgan hujjatlar rahbar imzosi va muhri bilan skaner qilingan bo’lishi shart.