Аэропорт Ташкент

Yoqilg’i quyish majmuasidagi tanklarni kompleks kamchiliklarini aniqlash bo’yicha ish olib borish uchun tanlov

Yoqilg'i quyish majmuasidagi tanklarni kompleks kamchiliklarini aniqlash bo'yicha ish olib borish uchun tanlov

«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» mas’uliyati cheklangan jamiyati» YQM omborining  rezervuarlari kompleks defektoskopiyasini amalga oshirish uchun tanlov o’tkazadi:

RGS-20m3 6dona; RGS-40m3 6dona; RGS-50m3 6dona; RGS-60m3 18dona; RGS-75m3 16dona; RVS-3000m3 4dona.

Shartnoma shartlari:

To’lov shartlari: 15% oldindan to’lov, qolgan 85% ishlar bajarilganidan keyin.

Ishlarni bajarish muddati: oldindan to’lov olingan kundan boshlab 25 kundan ortiq emas.

Tanlovda O’zbekiston Respublikasi bozorida kamida 3 yil faoliyat yuritayotgan mahalliy kompaniyalar, xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar, har qanday mulkchilik shakli ishtirok etishi mumkin.

Tashkilotlar maxsus vakolatli organ tomonidan mazkur ishlarni bajarishga ruxsat beruvchi sertifikat va litsenziyaning mavjudligi O’zbekiston Respublikasining o’ta muhim va toifali ob’ektlarida yuqorida ko’rsatilgan ishlarni bajarishga berilgan ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak.

Tijorat taklifida har bir rezervuarlarga ish haqi, shu jumladan QQS bilan ko`rsatish kerak va QQS to’lovchini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma mavjud bo’lishi kerak.

Tanlov takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Qayerga: O`zbekiston,100167, Toshkent sh, Qumariq 13 kucha, aeraport «Toshkent»

Kimga: Direktori v.v.b. Kim V.S. (YQM uchun)

Ma`lumot uchun: tel/faks +(99871)140-28-46.

E-mail: gsm.tas@uzbairports.uz

Tanlovda ishtirok etish uchun tijorat takliflarini qabul qilish muddati 18.09.2020.

Tijorat takliflari va unga qo’shilgan hujjatlar pochta, faks, elektron pochta orqali qabul qilinadi. Ilova qilingan hujjatlar elektron pochta orqali skaner qilingan.