Аэропорт Ташкент

Avtomashinalari uchun shinalarni va batareyalarni sotib olish to’g’risida e’lonlar

Avtomashinalari uchun shinalarni va batareyalarni   sotib olish to’g’risida e’lonlar
«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» mas’uliyati cheklangan jamiyati» havo kemalarini yoqilg’i bilan to’ldiruvchi turli xildagi maxsus mashinalari uchun akkumulyator batareyalari va Volkswagen T4 rusumli mikroavtobusga avtoshina sotib olish uchun tanlov o’tkazadi:         Tanlov mavzusi:
  AKB turi   Xususiyatlari O’lchovlar birligi Soni
1. Akkumulyator batareyasi  12V-170 AH Yangi dona 8
2. Akkumulyator batareyasi  12V-140 AH Yangi dona 2
3. Avtoshina  o`lchovi 205/70R15 C Yangi dona 4
  Shartnoma shartlari:       To’lov shartlari: 15% oldindan to’lov, qolgan 85% mahsulotni xaridorga topshirgandan so’ng darhol. To’lov valyutasi-so’m O’zbekiston.       Mahsulot yetkazib berish shartlari: Buyurtmachining o’zi.       Yetkazib berish muddati: Oldindan to’lov olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq emas. Tijorat taklifda QQSni hisobga olgan holda tovarlarning qiymatini va QQS to’lovchining ro’yxatga olish guvohnomasining mavjudligini ko’rsatish kerak. Tijorat taklifiga mahsulotning qaysi standartlari (tu) bo’yicha ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi yoki muvofiqlik sertifikati (sotuvchi tomonidan tasdiqlangan nusxalari) va bojxona deklaratsiyasining nusxasi ilova qilinadi. Tanlovda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan va e’lon qilingan tovarlarning 100% mavjudligini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodlar, xorijiy va mahalliy firmalar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Yetkazib beriladigan tovarlar uchun kafolat-kamida 1 yil. Tijorat takliflarini qabul qilish oxirgi sanasi 21.10.2020y. Ma’ lumotlar uchun telefon: tel/fax +(99871)140-28-46. +99897 460-22-01 E-mail: gsm.tas@uzbairports.uz