“Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” MChJ rangli firma blanklari tayyorlash bo`yicha ochiq konkurs e’lon qiladi.
Konkurs predmeti: A4 formatida, rang-barangligi (4+0), raqamlangan, 120 g/m2 ofset qog’ozida.
Tiraji 4 000 dan 10 000 (dona) gacha miqdorda.
Shartnoma shartlari: 15% oldindan to`lov, qolgan 85% yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko`rsatilganidan so`ng. To`lov valyutasi – O`zbekiston so`mi.
Alohida shartlar: Ko`rsatiladigan xizmatlar sifatining davlat standartlariga muvofiqligi.
Xizmatni yetkazish muddatlari: 15% oldindan to`lov qabul qilingan vaqtdan boshlab 10 kundan ko`p emas. Tijorat taklifiga zarur xujjatlar (guvohnoma, litsenziya, sertifikatlar va x.k.) ilova qilinsin.
Konkursda mazkur turdagi ishlarni bajarish xuquqiga ega bo`lgan kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
Konkursda qatnashish uchun arizalar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O`zbekiston, 100167, Toshkent sh. Qumariq ko`chasi, 13.
“Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti” MChJ
Telefon/faks: 78 140-28-77
e-mail: tashairkanc@uzbairports.uz
Aloqadagi shaxs: Bezdelova Vera Yevgenyevna,(tijorat bo`limi mutaxassisi)
Qo`shimcha ma’lumot uchun (78) 140-29-91, 140-29-02 telefonlariga murojat qilinsin.
Tijorat takliflari, e’lon chiqqanidan keyin 10 kun davomida, pochta, electron pochta,faks yoki qo`ldan qabul qilinadi. Konkursda qatnashish uchun tijorat takliflari qabul qilish muddati 02.11.2020 y.gacha.
Elektron pochta orqali jo`natilgan xujjatlar scanner qilingan holda, rahbar imzosi va muhr qo`yilgan bo`lishi shart.