Аэропорт Ташкент

«ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT XALQARO AEROPORTI» MChJ avtomatlashtirilgan disel generatorlarini avtomatik sinash va sozlash bo`yicha ochiq konkurs e’lon qiladi

«ISLOM KARIMOV NOMIDAGI	 TOSHKENT XALQARO AEROPORTI» MChJ avtomatlashtirilgan disel generatorlarini avtomatik sinash va sozlash bo`yicha ochiq konkurs e’lon qiladi
Elektr uskunalarini profilaktik sinashni va sozlashni bajarish uchun zarur ishlar ro`yxati:
  1. Elektrik mashinalarni tekshirish va ularning xususiyatlarini ko`rib chiqish;
  2. Ikkilamchi kommutatsya zanjirlarini tekshirish;
  3. Qo`zgalish tizimlarini tekshirish va xususiyatlarini ko`rib chiqish;
  4. Reley himoyasi apparaturasining elektrik xususiyatlarini tekshirish;
  5. Sxema elementlarining o`zaro ta’sirini tekshirish;
  6. Qurilmalarning alohida bo`g’inlarining ishlashini tekshirish;
  7. Ikkilamchi kommutatsiya zanjirlarini sinovdan o’tkazish;
  8. Qurilmalarni quvvat uskunalari bilan birga bo’sh va yuk ostida tekshirish;
  9. Operativ kuchlanish va izolyatsiyani o’lchash moslamalarini sinash moslamalarini tekshirish va sozlash;
  10. Past kuchlanishli kommutatsiya moslamalarini sozlash;
  11. Avtomatik boshqarish va sozlash tizimlari elementlarining ishlashini tekshirish;
  12. Uskunalarning relesini tekshirish va sozlash;
  13. Qurilmalar va signalizatsiya zanjirlarining ishlashini sinab ko’rish;
  14. Qurilmalarni ulanishning bir qismi sifatida va birliklarni texnologik kompleks tarkibida o’zaro bog’lashni ta’minlash.
Shartnoma shartlari: kamida 15% oldindan to`lov, to`lov so`mda, yakuniy to`lov bajarilgan ishlar Dalolatnomasi imzolanganidan so`ng, bajarilgan ishlar kafolati kamida 12 oy. Ishlarni bajarish muddati – buyurtmachi tomonidan oldindan to`lov o`tkazilgan va ishlarni bajarishga ruxsat olingan vaqtdan boshlab 30 kun. Konkursda barcha mulkchilik shaklidagi, O`z.R bozorida kamida 3 yil davomida faoliyat olib borayotgan mahalliy, shuningdek xorijiy kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin. Pudratchi uchun zarur shartlar: Korxonaning (firmaning, tashkilotning) davlat organida tegishli ro`yxatdan o`tganligini tasdiqlovchi xujjat; Ish turlariga  berilgan amaldagi litsenziya nusxalari; Soliq va QQS  to`lovchining identifikatsiya raqami; Jo`ylashgan manzili to`g’risida ma’lumot (pochta manzili) va telefon raqamlari; Yuridik shaxs nomidan ish yurituvchi, imzo chekish xuquqiga ega bo`lgan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish ma’lumotlari; Rahbarning pasporti kserokopiyasi; Nizomdan ko`chirma; Tijorat taklifida narxlarni QQS bilan va QQS siz ko`rsatilsin; Konkursda qatnashish uchun arizalar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O`zbekiston, GSP 100167, Qumariq ko`chasi, 13. UChETTX xizmati uchun, direktor v.b.Tursunov M.U. nomiga. Telefon/Faks 78 140-28-50 aloqadagi shaxs Smirnov S.G. Qo`shimcha ma’lumot uchun 78 140-28-50 tel.bo`yicha yoki E-mail: estop_tas@uzbairports.uz ga murojaat qilinsin; Konkursda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati, e’lon chiqqanidan so`ng 10 ish kuni. Elektron pochta orqali yuborilgan xujjatlar skaner qilingan holda, rahbar imzosi va muhr bilan bolishi shart.