Аэропорт Ташкент

Elektr materiallarini xarid qilishga tanlov o’tkazmoqda.

Elektr materiallarini xarid qilishga tanlov o'tkazmoqda.
Xarid qilinadigan material – mufta.  
№№ nomi ta’rifi Miqdori To’plam bahosi so’m
1 Mis kabeli uchun 10PSTpO-1 (70-120 mm2) izolyasiyali tikilgan polietilendan tayyorlangan bir tomirli birlashtiruvchi mufta Mis kabeli uchun 10PSTpO-1 (70-120 mm2) izolyasiyali tikilgan polietilendan tayyorlangan bir tomirli birlashtiruvchi mufta 12 734 600
2 Mis kabeli uchun 10STp-8(70-120 mm2) qog‘ozdan polietilenga o‘tkazuvchi mufta Mis kabeli uchun 10STp-8(70-120 mm2) qog‘ozdan polietilenga o‘tkazuvchi mufta 6 3 016 000
  Maxsus shartlar: Ushbu shartnomaning «Alohida shartlar» bandida qayd etilgan shartlar, matnlarda tafovutlar aniqlangan hollarda, elektron shartnoma matniga nisbatan ustuvor hisoblanadi. Yetkazib berilayotgan Tovar yuqori sifatli, yangi va ilgari ishlatilmagan bo‘lishi kerak. Muftalar to‘plami texnik shartlar talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan va qo‘llanishga ruxsat etilgan bo‘lishi kerak. Savdo tugagandan so‘ng yetkazib beruvchi 5 kunlik muddatda muftalarga texnik passport va yetkazib berish to‘plami tarkibini taqdim etishi, TMB namunalarini xaridor bilan kelishib olishi zarur. Yetkazib berilayotgan barcha tovarlarga kerakli kuzatuv hujjatlari (yetkazib beruvchi nomiga berilgan tovarning kelib chiqishi va sifati bo‘yicha sertifikatlar) taqdim etilishi shart. Yetkazib berilayotgan tovar nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi uni darhol almashtirib berishi kerak, turi, navi, o‘lchami bo‘yicha talablarga nomuvofiq bo‘lgan tovarni almashtirishdan bosh tortilganda yetkazib beruvchi xaridorga kontrakt qiymatining 20% miqdorida jarima to‘laydi. Kafolatli saqlash muddati ishlab chiqarish kunidan boshlab kamida 3 yil.   To‘lov shartlari: Valyuta – so‘m,  15% miqdoridagi oldindan to‘lov shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 10 bank kuni ichida, qolgan 85% tovar yetkazib berilganidan keyin 30 kun davomida to‘lanadi. Tovar yetkazib berish shartlari va muddatlari: 15% миқдорида oldindan to‘lov o’tkazilgandan keyin ko‘pi bilan 10 kun Tovar xaridorning eshigigacha yetkazib beriladi. Tijorat taklifiga ilova qilinishi shart bo’lgan hujjatlar:
  1. Rahbarning pasport kseronusxasi;
  2. Guvohnoma, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya;
  3. QQS guvohnomasi (mavjud bo‘lsa);
  4. Ustavdan ko‘chirma;
  5. Tovar bahosini uning birligi uchun QQSsiz va QQS bilan ko‘rsating.
Bog’lanish uchun rekvizitlar: O‘zbekiston 100167, Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq ko‘ch., 13 «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ Telefon: tel., faks (99878) 140-28-50 Konkursda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish muddati, e’lon chiqqanidan so`ng 10 ish kuni. Elektron pochta orqali yuborilgan xujjatlar skaner qilingan holda, rahbar imzosi va muhr bilan bolishi shart.