Аэропорт Ташкент

Mexanik gaz topini sotib olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi

Mexanik gaz topini sotib olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi

Tanlov predmeti: «Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» aerodromda parvozlar xavfsizligini ornitologik ta’minlash uchun «GROM» turidagi yoki shu turidagi xususiyatlari va sifatiga mos keladigan mexanik gaz topini xarid qilish.

Mexanik gaz topining texnik xususiyatlari:

Ta’sir doirasi: 4 gektargacha.

Ta’sir qilish usullari: kuchli shovqinli tovushlar.

Tovush signalining kuchi: 119 Db.

Ishlash rejimi: 2-20 daqiqagacham bo’lgan davriylik.

Quvvatlantirish manbai: talab etilmaydi.

Gaz sarfi: 10 litr gaz 12 500 ta zarba uchun yetarli.

Gazni yoqish: chaqnash.

Qaytish kuchi: yo’q.

Shartnoma shartlari: oldindan to’lov 15%, yakuniy to’lov mahsulot qabul qilingandan so’ng.

Mahsulot talablari: ishlab chiqaruvchidan tegishli sertifikatlarning mavjudligi.

Tanlovda O’zR bozorida  faoliyat yuritgan mahalliy korxonalar, shuningdek turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmalar quyidagi manzilda qabul qilinadi: O’zbekiston, GSP 100167, Toshkent shahri, Qumariq ko’chasi 13-uy, «Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MCHJ.

Direktor v.v.b. Tursunov M.U. nomiga – Aerodrom xizmati uchun.

Ma’sul xodim: Mirzaev M.M.

Telefon/faks: 78 140-28-65, 78 120-73-18;

E-mail: as.tas@uzbairports.uz

Tijorat takliflari pochta, elektron pochta, faks yoki kurer orqali 03.12.2020 yil soat 12:00 gacha qabul qilinadi, shu jumladan.

Elektron pochta orqali yuborilgan hujjatlar rahbar imzosi va muhri bilan skaner qilingan bo’lishi shart.