Аэропорт Ташкент

SIEMENS (MBA 6-2-1 rusumli elektron tarozilari, 7 dona miqdorida) uskunalari asosida «Aero Scale» tortish tizimining ishchanligini diagnostika qilish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha ishlarni bajarish xizmatlarini taqdim etish bo’yicha konkurs e’lon.

SIEMENS (MBA 6-2-1 rusumli elektron tarozilari, 7 dona miqdorida) uskunalari asosida "Aero Scale" tortish tizimining ishchanligini diagnostika qilish va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha barcha ishlarni bajarish  xizmatlarini taqdim etish bo'yicha konkurs e'lon.

Konkurs muddati 2021 yil 7 yanvardan 15 yanvargacha.

Konkurs takliflarini qabul qilish – jumladan 2021 yil 15 yanvargacha

(soat 16-00 gacha, Toshkent vaqti bilan)

Konkurs tanlovida barcha egalik shaklidagi, bozorda 3 yildan kam bo`lmagan vaqt ishlab kelayotgan va SIEMENS SIWAREX uskunalari bilan ishlash tajribasiga ega mahalliy va xorijiy tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Qo`yiladigan talablar: pudratchida ushbu tizimni dasturlash uchun maxsus uskunalar bo’lishi kerak (SIEMENS SIMATIC Field PG programmeri). Texniklar SIMATIC dasturiy ta’minoti va bilan ishlash tajribasiga va ularning malakasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo’lishi kerak.

Talablarning to’liq ro’yxati, shuningdek konkurs tanlovi ishtirokchilari uchun qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi rekvizitlardan olish mumkin: 100167 Toshkent, Qumariq ko`chasi ,13, «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ, Aerovokzal majmuasi, tel: +998711402840, elektron pochta: terminalinals.tas@uzbairports.uz

Tanlovda ishtirok etish uchun cheklovlar: qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lgan, barcha kerakli hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etmagan, tashkil bo`lganiga 6 oydan kam vaqt bo`lgan, ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini to’g’ri bajarmagan, buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj holatida bo’lgan, tijorat va moliyaviy ko’rsatkichlar bo’yicha tender komissiyasining talablariga javob bermaydigan. tashkilotlar va firmalar tanlovda ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi.

Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100167 Toshkent, Qumariq ko`chasi ,13, «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ, Direktor v.b. janob M.U. Tursunovga