Аэропорт Ташкент

Aeroportining TSQ ga ovqat to`olamini tayyorlash va etkazib berish xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotni tanlash bo`yicha konkurs tanlovi e’lon qiladi.

Aeroportining TSQ ga ovqat to`olamini tayyorlash va etkazib berish xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotni tanlash bo`yicha konkurs tanlovi e’lon qiladi.
«Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» Mas’uliyati cheklangan jamiyati “Toshkent” aeroportining TSQ ga ovqat to`olamini tayyorlash va etkazib berish xizmatlarini ko`rsatuvchi tashkilotni tanlash bo`yicha konkurs tanlovi e’lon qiladi. (10-son stol va 15-son stol)). Kontrakt shartlari: To`lov shartlari: 15% oldindan to`lov, qolgan 85% bajarilagan ishlar to`g’risida dalolatnoma imzolanganidan so`ng. Konkursda O`zbekiston Respublikasining rezidentlari bo`lgan tashkilot va firmalar, shu jumladan kichik va o`rta biznes korxonalari ham, ishtirok etishlari mumkin. Taklif qilingan narxlar o`zgarmas bo`lishi va ikkala tomondan to`plam ovqatlarni tayyorlash va etkazib berish Shartnomasi imzolangan kunidan boshlab 6 oydan kam bo`lmagan muddat amal qilishi shart. Tijorat takliflari firma rahbari tomonidan imzolangan blankada va kompaniyaning rasmiy muhri bilan taqdim etilishi va quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak: – mazkur turdagi xizmatlar ko`rsatish sohasidagi umumiy ish tajribasi, O`z.R. davlat tashkilotlari bilan amaliy hamkorlik tajribasi to`g’risida (sanab o`tish zarur); – tayyor ovqatni yetkazish shartlari; – to`lov shartlari, Shuningdek, konkurs taklifiga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak: – davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g’risida guvohnoma nusxasi; – O`z. R. Qonunchiligiga muvofiq, xizmatlarni bajarish uchun, zarur xujjatlar nusxalari; – bir haftalik reja menyu (3-mahal ovqat, hafta kunlariga bo`lingan holda) narxi bilan. Konkurs taklifini tayyorlash uchun zarur bo`lgan bir haftalik menyu rejasining loyhasini olish uchun quyida ko`rsatilgan telefon va e-mail orqali murojaat qilish zarur. Konkurs takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: Qaerga: O`zbekiston, Toshkent sh. 100167, «Islom Karimov Nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroporti» MChJ, Qumariq ko`ch., 13 Kimga: Aeroport direktorining o`rinbosari Alimov А.М.ga (TSQ uchun). Ma’lumotlar uchun tel: +(99871)140-28-93, 140-29-54, faks:140-28-93. E-mail: mss.tas@uzairways.com. Qo`shimcha ma’lumot uchun: (78)140-28-93 telefoni bo`yicha murojaat qilinsin. Konkursda qatnashish uchun tijorat takliflarini qabul qilish muddati, e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni. To`liq ma’lumotga ega bo`lmagan yoki yuqorida sanab o`tilgan xujjatlarning to`liq to`plami bilan birga bo`lmagan, hamda belgilangan muddatdan kechiktirib yuborilgan konkurs takliflari ko`rib chiqilmaydi.