Аэропорт Ташкент

Biz haqimizda

Biz haqimizda

Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy aeroportlardan biri bo’lmish – Toshkent aeroporti kuniga 90 dan ortiq reyslarni kutib oladi va kuzatadi. Bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti – bu Markaziy Osiyodagi eng yirik aviatsion korxonalardan biri bo’lib, uning tarkibiga belgilangan xalqaro standartlar va talablarga muvofiq yo’lovchilar, yuklar va havo kemalariga yer yuzida xizmat ko’rsatilishini ta’minlaydigan ko’p sonli xizmatlar qiradi.

  • Aeroport geografik jihatdan juda qulay joylashgan, chunki MDH mamlakatlaridan Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Amerikaga olib boruvchi havo trassalari kesishib o’tgan joyda o’rin egallagan;
  • Aeroport iqlim sharoitlari qulay bo’lgan hududda joylashgan;
  • Aeroport havo yo’nalishlari orqali butun dunyodagi deyarli barcha yirik shaharlar bilan bog’langan.