O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi negizida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
“Uzbekistan Airports” AJ respublikaning barcha xalqaro aeroportlarining yagona boshqaruv organi sifatida faoliyat yuritadi:
• Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Samarqand xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Buxoro” xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Navoiy xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi “Andijon” xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Namangan xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Nukus xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Urganch xalqaro aeroporti” MChJ;
• “Termiz xalqaro aeroporti” MChJ;
• Qarshi xalqaro aeroporti MChJ.
Shuningdek, «Uzbekistan Airports» AJ tarkibiga quyidagilar kiradi:
• “Uzbekistan Airports Handling” MChJ 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent aeroportida UzPort brendi ostida faoliyat yurituvchi sho‘ba korxonasi,
• “Uzbekistan Airports Cargo” MChJ 2022-yil 1-noyabrdan boshlab “Toshkent” aeroportining pochta-yuk kompleksi negizida tashkil etilgan sho‘ba korxonasi.
Uzbekistan Airports kompaniyasining asosiy maqsadi mamlakat aeroportlarini rivojlantirishdir.
Asosiy vazifalar va faoliyat yo'nalishlari:
- aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- aeroportlar infratuzilmasini yaxshilash uchun investitsiyalarni jalb qilish;
- parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- yoqilg'i va boshqa yoqilg'i-moylash materiallari bilan uzluksiz ta'minlash;
- tegishli aeroport xizmatlarining samarali ishlashini ta'minlash;
- yo'lovchilarga, yuklarga, pochta va bagajga xizmat ko'rsatish jarayonlarini optimallashtirish;
- yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishning yuqori darajasini saqlab turish.
02 Dec, 2024