Аэропорт Ташкент

Aerovokzal majmuasi

Aerovokzal majmuasi

Aerovokzal majmuasining texnik jihozlanganligi va yo’lovchilarni avtomatlashtirilgan tartibda ro’yxatga olish bo`yicha joriy etilgan tizim (CUTE) yo?lovchilarga tez fursatlarda, sifatli va qulay xizmat ko’rsatishga imkon beradi.
O’zbekiston bo’ylab parvoz qilayotgan yo’lovchilarni jo’natish va qabul qilish jarayoni Toshkent-3 teminali orqali amalga oshiriladi.

O’zbekiston aholisi va yurtimizga havo yo’llari orqali kelayotgan mehmonlarga Uchib kelganlar terminali orqali xizmat ko’rsatiladi.

Uzoq va yaqin xorijga ketayotgan yo’lovchilarni jo’natish jarayoni Toshkent-2 terminali orqali amalga oshiriladi, uning o’tqizish galereyalari 4 ta teleskopik traplar bilan ta’minlangan.

O’zbekiston mehmonlari va mahalliy aholiga xizmat ko’rsatish uchun terminal binosida quyidagilar mavjud:
ᘢ qulay mebellar bilan jihozlangan keng va yorug’ kutish zallari;
ᘢ kechayu qunduz tartibida ishlaydigan pasport, bojxona, chegara nazorati xizmatlari;
ᘢ ma’lumotnoma berish xizmatlari;
ᘢ bagajni transportirovka qilish konveyyer tizimlari;
ᘢ chiptalarni sotish va o’rinlarni band qilish kassasi;
ᘢ Duty-Free do’konlari;
ᘢ restoranlar, barlar, tezda tamaddi qilib olish va valyuta almashtirish punktlari.

Yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash

  • yolovchilar va qol yuklarini tekshirish
  • bagajni tekshirish
  • yolovchilar oqimi ustidan videokuzatuvni amalga oshirish