Аэропорт Ташкент

Yoqilg’i quyish majmuasi

Yoqilg'i quyish majmuasi
Aeroportning Yoqilg’i quyish majmuasi aviatsion yoqilg’i-moylash mahsulotlarini (YoMM) qabul qilish, berish, saqlash va laboratoriya tahlilini o’tkazish jarayonlarini ta’minlaydi. YoMM sifatining aerodrom va laboratoriya nazoratini tashkil qilish bo’yicha amaldagi texnologiya, aviayoqilg’i YoMM omboriga qabul qilingan vaqtdan boshlab havo kemalariga quyilishigacha, barcha turdagi havo kemalariga sifatli yoqilg’i quyilishini ta’minlash imkonini yaratadi va yuqori darajadagi parvozlar xavfsizligini kafolatlaydi.