Аэропорт Ташкент

Texnik tavsiflar

O’zbekiston poytaxti Yevroosiyoning qoq yuragida qulay joylashganligi yuklar va yo’lovchilarni tashish bilan shug’ullanadigan yangi aviakompaniyalarni o’ziga jalb qilish masalasida afzallik beruvchi omil hisoblanadi.

Har qanday aerodromning eng muhim jihati – turli havo
kemalarini qabul qilish va xizmat ko’rsatish uchun yetarli
texnik imkoniyatlarga ega ekanligidadir.
Aerodrom tarkibiga quyidagilar qiradi:
ᘢ ikkita parallel holatda joylashgan uchish-qo’nish
yo’lkalari – IVPP-1 va IVPP-2 (ICAO bo’yicha ikkinchi
toifali);
ᘢ magistral burilish yo’lkalari;
ᘢ perron;
ᘢ umumiy maydoni 150 gektarga teng sun’iy qoplama,
99 ta turargohlarga ega, ularning 10 tasi uzoq va o’rta
masofalarga parvoz qiladigan magistral havo kemalari
uchun mo’ljallangan.